Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bangladeshlik riksha haydovchisi Ijajul Mia “Siyosatchilar” filmi rejissori va prodyuseri, aktyor Shakib Xonni filmida uning telefon raqamidan foydalanganligi uchun sudga berdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Mianing so‘zlariga ko‘ra, u Shakib Xonning muxlislaridan yuzlab qo‘ng‘iroqlarni qabul qilgan, bu holat esa uning hayotini ostin-ustun qilgan.

“Siyosatchilar” filmi iyun oyida namoyish etilgan edi. Uning sujeti bo‘yicha Xon ijro etgan personaj sevgan qiziga telefon raqamini beradi, bu raqam esa Miaga tegishli bo‘lib chiqdi.

O‘shandan beri muxlislar Xon bilan gaplashish maqsadida Miaga tinimsiz qo‘ng‘iroq qilgan. Hatto muxlisalardan biri uning qayerda yashashini aniqlab, u bilan uchrashish uchun 500 kilometr yo‘l bosib kelgan.

Mianing aytishicha, uning rafiqasi bu holatdan darg‘azab bo‘lgan va ajrashish bilan tahdid qilgan. Mia esa telefon raqamini o‘zgartira olmaydi, chunki uning barcha mijozlari shu raqam orqali murojaat qiladi.

Haydovchining raqami filmga qanday tushib qolgani esa tushunarsiz.

Mia film mualliflarini 29-oktabr kuni sudga bergan. U tovon puli sifatida 60,9 ming dollar olishni rejalashtirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent viloyatida 2023-yilda 9 ming gektar maydon qisqartirilib, 25 sotixdan aholiga beriladi
Mahalliy
Toshkent viloyatida kelin qaynonasiga 20 marta pichoq urdi (video)
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi