Travel Ask sahrolarni tadqiq qiluvchilar yo‘lida uchragan eng ajablanarli topilmalar ro‘yxatini tuzdi.
Prada do‘koni
Texas cho‘lidagi mashhur brend do‘koni savdo-sotiq maqsadida emas, balki supermoda butigi sivilizatsiyadan uzoqda qanday ko‘rinishini bilish maqsadida barpo qilingan. Ichida original brend kiyimlari bo‘lgan do‘kon eng murakkab qulflar va zirhli shishalar bilan jihozlangan.Ulkan ko‘rsatkich
Bunday ko‘rsatkichlar Arizona cho‘lida 1911-yildayoq paydo bo‘lgan. Ular pochta samolyotlari uchun o‘ziga xos navigator rolini bajargan.Telefon budkasi
Ushbu budka 1960-yilda konchilar va bu yerga adashib kelib qolgan daydilar uchun Moxave cho‘liga o‘rnatilgan.“Sahro nafasi”
U 1997-yilda grek rassomi tomonidan installyatsiya sifatida yaratilgan.Videoo‘yinlarning maxfiy ombori
35 yil avval juda ko‘p miqdorda videoo‘yin va pristavkalar ishlab chiqargan Atari kompaniyasi talabgir bo‘lmagan nusxalardan qutulish uchun ularni cho‘lga ko‘mib tashlashga qaror qilgan. “Xazina” 2014-yildagina topilgan.“Sahro qo‘li”
Bu haykal 1992-yilda Chili shimolidagi Atakama cho‘lida yaratilgan. 11 metrli qo‘l insoniyatning ojizligi timsolidir.Sirli basseyn
Moxave cho‘liga avstriyalik rassom tomonidan o‘rnatilgan basseynda uni o‘z yo‘lida uchratgan istalgan kishi cho‘milishi mumkin.Liviya shishasi
Bu faqat Misr cho‘lida topish mumkin bo‘lgan sayyoradagi eng noyob mineraldir. Tutanxamon qabridan topilgan kulon aynan shu toshdan yasalgan edi.
Izoh (0)