Agar siz o‘zingizga yoqadigan ishlaringizni ongli ravishda rejalashtirsangiz, unumliroq ishlaydigan bo‘lasiz.

Foto: Shutterstock

Sizga quvonch bag‘ishlaydigan mashg‘ulotlarga vaqt topish uchun kundalik ishlaringizni yig‘ishtirib qo‘yishingiz shart emas. Albatta, agar siz har seshanba kuni tushlikdan keyin velosipedda sayr qilishga chiqsangiz, boshlig‘ingiz bundan xursand bo‘lmaydi. Va tabiiyki, ish ishligicha qoladi, u har doim ham quvonchli bo‘lavermaydi. Lekin o‘zingiz sevgan mashg‘ulot bilan tushungan holda muntazam ravishda shug‘ullanishingiz mumkin.

Bunday ro‘yxatni qanday tuzish kerak?

Bugun kechqurundan boshlasangiz ham bo‘ladi. O‘tiring va sizga ko‘proq kuch beradigan mashg‘ulotlarni yozing. Boshida odatdagi hafta davomida sizga nimalar qilish yoqishini ko‘rsating. Asta-sekinlik bilan ro‘yxatni oshirib boring.

Agar xayolingizga hech narsa kelmayotgan bo‘lsa, bolalikdagi sevimli mashg‘ulotlaringizni eslang. Va nihoyat, sizni qiziqtirgan, lekin ularga vaqt topa olmagan mashg‘ulotlarni yozing. Masalan, raqs yoki aerobika.

Endi harakatlar rejasini tuzish qoldi. Ro‘yxatdagi siz kelasi haftada bajarishingiz aniq bo‘lgan bir-ikki bandlarni tanlang va ularni ishdagi vazifalaringiz bilan birga o‘z kalendaringizga kiriting.

Masalan, sizning kundalik sevimli ishlaringiz ro‘yxati shunday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:

  • meditatsiya qilish;
  • yugurishga chiqish;
  • gitara chalish;
  • kitob o‘qish;
  • qo‘shiq aytish;
  • bulutlarni tomosha qilish.

Har kuni bu ro‘yxatdan hamma ishlarni o‘chirish shart emas. Hatto agar qaysidir bandlari bajarilmasdan qolganda ham, siz baribir sevimli ishlaringiz bilan avvalgidan ko‘ra ko‘proq shug‘ullanasiz.

Sevimli mashg‘ulotlar ro‘yxati quvvat olishga va har bir o‘tgan kundan zavqlanishga yordam beradi. Shunda xizmat vazifalari ham unchalik og‘ir bo‘lib ko‘rinmaydigan bo‘ladi.

Manba: “Layfxaker”