23 yoshli Mariya Fyodorova butun boshli samolyotni boshqaradi. U “Aeroflot” kompaniyasining eng yosh uchuvchisi va Sukhoi Superjet 100 avialayneri shturvaliga o‘tirgan birinchi ayol hisoblanadi, deb xabar berdi “Ya milliarder”.
Aviakompaniyada umumiy miqdorda 20 nafar ayol uchuvchi sifatida xizmat ko‘rsatadi. Ularning besh nafari havo kemalari qo‘mondonlaridir. Mariya ikkinchi uchuvchi sifatida ishlaydi va ishi yuzasidan shu vaqtga qadar 300 soatdan ortiq parvoz qilgan.
Mariya maktabni bitirgach, Sankt-Peterburg davlat universitetining fuqarolik aviatsiyasiga o‘qishga kirgan va uni 2015-yilda tamomlagan. O‘tgan yilning noyabr oyida “Aeroflot” kompaniyasiga ishga joylashgan. Imtihonlarni omadli topshirgan Mariya uch oy davomida uchuvchi-stajyor bo‘lib ishlagan.
2016-yilning avgustida u ikkinchi uchuvchi sifatida o‘zining birinchi to‘laqonli reysini amalga oshirgan.
Mariyaning hozirdanoq yaxshi ko‘rgan aeroportlari mavjud. Masalan, unga qo‘nish yo‘lagi qulay bo‘lgani uchun Tyumen, parvozning optimal davomiyligi sabab — Minsk aeroportlari yoqadi, biroq Saratov va Stavropol aeroportlari unchalik manzur emas, sababini esa Mariya oshkor qilmadi.
Mariya turmush o‘rtog‘i bilan. U ham “Aeroflot”da uchuvchi bo‘lib ishlaydi.
Mariya o‘qish paytida “Yak-18T” va Cessna 172S kabi samolyotlarda ham uchgan. Bitiruv imtihoninida esa Diamond-42’ni boshqargan.
Izoh (0)