AQShda 28 yoshli ayol olti yoshli qizini taksi mashinasida qoldirib, bankka o‘g‘rilikka tushdi. Bu haqda New York Daily News xabar bermoqda.
Voqea Nyu-York shtatining Long-Aylend shahrida ro‘y berdi. Diana Marini 28-oktabr kuni Chase bankiga kirib, kassirga pulni unga berish talabi yozilgan xat topshirdi.
Kassir uning talabini bajardi. Marini bankni tark etib, qizi kutib turgan mashinaga o‘tirdi va yo‘liga ravona bo‘ldi.
Politsiya Marinining iziga chiqdi, ayol talonchilikda va bolaning kelajagiga tahdid solish ayblovi bilan hibsga olindi.
Izoh (0)