Kataloniya muxtoriyati hududida joylashgan Jironada shahar kengashi binosidan Ispaniya bayrog‘i olib tashlandi. Bu haqda jurnalist Marta Rodriges ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
“Xalq e’tirozidan so‘ng Ispaniya bayrog‘i shahar kengashi binosidan Ispaniya bayrog‘i olib tashlanmoqda”, — deb yozdi ayol Twitter’dagi sahifasida.
Uning so‘zlariga qaraganda, shaharliklar moliyaviy boshqarma va mahalliy parlament binolaridan ham Ispaniya bayroqlarini olib tashlashni talab qilmoqda, ammo hozircha ularning talablari qondirilmadi.
Izoh (0)