Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) Li Xarvi Osvaldni AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining o‘ldirilishidan qariyb bir oy avval kuzatishni boshlagan. Bu haqda Milliy arxiv saytiga joylangan, ushbu ish bo‘yicha hujjatlarga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: AP

Foto: AP

1963-yil 25-oktabrga tegishli hujjatdan ma’lum bo‘lishicha, byuro agentlaridan biri Kuba uchun halol o‘yin deb ataluvchi qo‘mita haqida axborot olish uchun “kubalik manbalar” bilan ishlagan. Ushbu harakat Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastroni qo‘llab-quvvatlab chiqqan.

FQB Osvaldni ushbu tashkilot a’zosi deb ishongan. Hujjat Dallasga jo‘natilgan, chunki AQSh prezidentining bo‘lg‘usi qotili o‘sha yerga qochib o‘tgan. Hujjatda aytilishicha, Osvald u yerda sho‘ba tashkilotini yaratishga urinishi mumkin bo‘lgan. Ammo tashkilot Li Xarvi Osvald Yangi Orleandan chiqib ketgach, o‘z faoliyatini tugatgan, deyiladi hujjatda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov