Xonanda Shahnoza Otaboyeva aktyor Kamol Bobonazarovga turmushga chiqmoqda. Bu haqda xonanda Shahnoza Otaboyeva jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Foto: Instagram/@shahnoza_otaboyeva

“Muxlislarga ko‘plab filmlardagi rollari bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Kamol Bobonazarov bilan oila quryapmiz. Ayni vaqtda to‘y harakatlari bilan yuribmiz. To‘yimiz 7-noyabr kuni “Sulton” restoranida bo‘lib o‘tadi. Baxtli kunimizga barcha do‘stlarimizni taklif qilib qolamiz”, — deydi xonanda.

Ma’lumot uchun, Kamol Bobonazarov “Qora ilon”, “Notanish qotil”, “Tug‘ilmaganlar”, “Beshinchi fasl”, “Fidoyilar” kabi film hamda seriallarda bosh va ikkinchi darajali rollarni ijro qilgan.