Rossiya Fanlar Akademiyasi Zoologiya instituti xodimi Aleksandr Averyanov va AQSh Tabiiy tarix milliy muzeyi tadqiqotchisi Xans-Diter Zues O‘zbekistonning Qizilqum cho‘lida aniqlangan topilmalarni tahlildan o‘tkazib, dinozavr qoldiqlarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” xabar bermoqda.
Alvareszavrid nomini olgan, bo‘yi u qadar katta bo‘lmagan bu g‘ayrioddiy dinozavrning o‘ziga xosligi shundaki, u yaxshi rivojlangan, ammo bir barmoqli qo‘llarga ega.
Oldinroq bunday dinozavrlar shimoliy yarim sharda janubiyga nisbatan kechroq paydo bo‘lgani taxmin qilinar edi. Yangi ma’lumotlar alvareszavridlar Gondvanada emas, Lavraziyada (qadimiy superkontinentlar nomi) paydo bo‘lganini ko‘rsatishi mumkin.
Bugungi qushlarning uzoq qarindoshi bo‘lmish alvareszavridlar maniraptorlar guruhiga kiradi. Maniraptorlar — issiq qonli, pat bilan qoplangan dinozavrlardir.
Izoh (0)