Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQSh adliya vazirligi 25-oktabr, chorshanba kuni Federal qidiruv byurosi informatoriga Kongressda so‘zga chiqib, sobiq prezident Barak Obama davrida Vashington va Moskva o‘rtasidagi uran oldi-sotdisi haqida gapirib berish uchun ruxsat berdi, deb yozadi “TASS”.

Foto: CNN

Foto: CNN

Unga uran bozorida oldi-sotdini amalga oshirish chog‘ida yo‘l qo‘yilgani gumon qilinayotgan poraxo‘rlikka aloqador axborot yoki hujjatlarni, shu jumladan, Vadim Mikerin, “Rosatom”, “Texsnabeksport”, Uranium One va “Klintonlar oilasi fondi”ga tegishli ma’lumotlarni taqdim etishi uchun huquq berildi.

TENAM Corp kompaniyasiga rahbarlik qilgan rossiyalik Vadim Mikerin tanlovdan tashqari asosda AQShga Rossiyaning bitta firmasidan uran yetkazib berishda ayblangan edi. 2015-yilda u Merilend shtat sudi tomonidan 4 yillik qamoqqa hukm qilingan.

The Hill gazetasi aniqlik kiritishicha, Kongressda so‘zga chiqishi mumkin bo‘lgan odam sakkiz yil davomida FQBda ishlagan. Bu odamning shaxsi maxfiy tutilmoqda.

Avvalroq AQSh Kongressi Vakillar palatasining nazorat va hukumat islohoti qo‘mitasi AQShda uran qazib olish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaning Rossiya bilan bog‘liq tuzilmalarga sotilishi bo‘yicha oldi-sotdi bitimi yuzasidan tekshiruv boshlagan edi. Oldi-sotdi bitimi bir necha yil avval Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi nazorati ostiga o‘tgan Uranium One kompaniyasiga aloqador bo‘lgan. Tilga olingan tranzaksiya o‘sha vaqtda prezident lavozimida ishlagan Barak Obama va davlat kotibi bo‘lgan Hillari Klinton tomonidan ma’qullangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sharqiy Quddusda keskinlik avjiga chiqmoqda (video)
Mahalliy
Ayol dasturchilar uchun mukofoti 8 000 dollarlik xakatonga arizalar qabuli boshlandi
Mahalliy
Narxi 16 ming dollar, vazni 200 kilogrammdan oshadi – “Naslli qo‘chqorlar ko‘rgazmasi”dan reportaj