Amerikalik yozuvchi Jorj Sonders “Linkoln Bardoda” (Lincoln in the Bardo) romani bilan Buker mukofoti sovrindoriga aylandi. Bu haqda mukofotning rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Kitobda AQSh prezidenti Avraam Linkoln haqida hikoya qilinadi. Sujet bo‘yicha o‘g‘lining qabriga kelgan prezident buddizmda tasvirlangan ikki dunyo o‘rtasidagi ruhiy holatga tushib qoladi va vafot etganlar bilan suhbatlashadi.
Sonders bunga qadar olti marta ushbu mukofotga nomzodlik qilgan. 50 ming funt sterling miqdoridagi pul mukofotidan tashqari yozuvchi ijodi dunyoviy mashhurlikka erishadi.
Izoh (0)