Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ispaniya Konstitutsiyaviy sudi Kataloniya referendumi to‘g‘risidagi qonun mamlakat konstitutsiyasiga zid ekani haqida qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Sud plenumi Kataloniya ma’muriyatining mustaqillik borasidagi tashabbuslari noqonuniy ekani haqida bir ovozdan qaror qabul qilgan.

Referendum to‘g‘risidagi qonun Kataloniya parlamenti tomonidan 6-sentabr kuni ma’qullangan edi, biroq ertasi kuni Ispaniya hukumati hujjatning haqiqiyligi ustidan Konstitutsiyaviy sudga shikoyat qilgan edi.

Qonun ustidan Konstitutsiyaviy sudga shikoyat berilganiga qaramay, Kataloniyada 1-oktabr kuni mustaqillik referendumi bo‘lib o‘tdi. Plebistsit davomida hududning 90 foiz aholisi Ispaniya tarkibidan ajralib chiqish uchun ovoz berdi.

Kataloniya hukumati rahbari Karles Puchdemon 10-oktabr kuni hududning mustaqilligi to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi, biroq Madrid bilan muzokaralar olib borish maqsadida uning deklaratsiyaning amal qilishini to‘xtatib qo‘ydi.

16-oktabr kuni Puchdemon Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoyga mintaqadagi vaziyat yuzasidan ikki oy ichida muzokaralarni boshlash taklifi bilan xat yo‘lladi.

Ispaniya markaziy hukumati talablariga qaramay, Kataloniya rahbariyati hududning maqomiga hali ham aniqlik kiritgani yo‘q.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 9 mingdan oshdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Toshkent yerusti metrosining qurilish ishlari bilan tanishdi 
Mahalliy
Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi