Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Moskva shahridagi Meshanskiy tuman sudi Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga ma’lumotlar taqdim etishdan bosh tortgani uchun Telegram Messenger LLP kompaniyasini 800 ming rubl (qariyb 14 ming dollar) miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Sudya kompaniyani ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor deb topdi. Agar messenjer qonunda belgilangan muddat davomida jarimani to‘lamasa, undan jarima ikki barobar undiriladi. 

Sud bayonnomasida FXX 14-iyulda messenjerga qonun talabini bajarish va shifr kalitlarini taqdim etish uchun ogohlantirish yo‘llagani qayd etilgan. Kompaniya bu talabni 5 kun mobaynida bajarishi lozim edi. Biroq avgust oxiri holatiga ham talab bajarilmadi.

Sudyaning aniqlik kiritishicha, FXX olti raqam haqida ma’lumot so‘ragan. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi