Eronda Telegram asoschisi Pavel Durovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Messenjer ekstremistik materiallar va bolalar pornogorafiyasini tarqatishda ayblandi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Tehron prokurori Abbos Ja’far Davlatobodiy Telegram’dan IShID a’zolari, narkotiklar, qurol-yarog‘ savdosi va bolalar pornografiyasi bilan shug‘ullanuvchilar foydalanishini da’vo qildi.
Durov Twitter’dagi sahifasida mazkur ayblovlarga munosabatini bildirdi.
“Buni eshitib hayratlanmay iloj yo‘q. Biz Eronda terrorchilik va pornografiyaga oid kontentni muntazam bloklaymiz. Buning real sabablari boshqa deb o‘ylayman”, — ta’kidladi Telegram asoschisi.
Ma’lumot uchun, Eronda Telegram ommalashgan messenjerlardan sanaladi va oylik auditoriyasi 40 million kishini tashkil etadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)