Instagram’dagi “Hikoyalar” (Stories)da stiker paydo bo‘ldi, uning yordamida obunachilar va shunchaki qidiruv orqali foto yoki videoni ko‘rganlar orasida so‘rovlar o‘tkazish mumkin, deb yozadi TJournal. So‘rov natijalari umumiy tomoshabinlar ro‘yxatida chiqariladi: ularni post muallifi va ovoz berib bo‘lganlar ko‘rishi mumkin.
“Hikoyalar” bo‘limidagi har qanday post kabi, so‘rov bir sutka davomida ishlaydi. Natijalar real vaqt davomida yangilanadi: respondentlarning umumiy ro‘yxatini, shuningdek, har bir obunachining aniq tanlovini ko‘rish mumkin. So‘rovlar stikerini ham fotosuratga, ham videoga qo‘yish mumkin.
Izoh (0)