Telltale Games kompaniyasi Batman: The Enemy Within o‘yinidan Rossiyaning Turkiyada o‘ldirilgan elchisi Andrey Karlov fotosurati chiqarib tashlanganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Kompaniyaga ko‘ra, 6-oktabrda o‘yinning barcha platformalar uchun yangilangan versiyasi chiqarilgan va unda elchining fotosurati yo‘q.
“Biz yuz bergan holatdan afsusda ekanligimizni bildiramiz va standartlarimiz yuqori darajada qolishi uchun barcha zarur choralarni ko‘ramiz”, — deyiladi kompaniya bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Batman: The Enemy Within kompyuter o‘yinining ikkinchi qismida Andrey Karlovning jasadi suratidan foydalanilgan, bunga Twitter foydalanuvchilari e’tibor qaratgan edi.
Izoh (0)