Fransiyada 187 yil muqaddam qurilgan uy sotuvga qo‘yildi. Ko‘chmas mulk agentlari uni dunyodagi eng qimmat uy deb baholamoqda. The Daily Mail’ga ko‘ra, uyning narxi 418 million dollarni tashkil etadi.
Les Cèdres dala hovlisi mamlakat janubida joylashgan. Ilgari u Belgiya qiroli Leopold II na tegishli bo‘lgan, so‘ng zaytun fermasi sifatida ishlatilgan. Dala hovlida 14 yotoqxona bo‘lib, interyerlari XIX asr rasmlari va qimmatbaho mebel bilan jihozlangan. Shuningdek, u yerda hovuz, banket zali, 30 otga mo‘ljallangan otxona bor.
Villada Yevropadagi eng chiroyli bog‘lardan biri o‘stirilgan bo‘lib, unda 15 mingdan ortiq o‘simlik ekilgan. Uyga qo‘shnichilik qilgan mashhurlar orasida britaniyalik bastakor Endryu Lloyd Uebber va Microsoft asoschilaridan biri Pol Allen bor.
Izoh (0)