Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida deportatsiyaga hukm qilingan o‘n nafar tojikistonlik muhojir to‘rt yil davomida chiqindixonada yashirinib yurgan. Ular qo‘lga olindi. Ushlanganlarning bari — bir oila vakillari, deb xabar berdi 13-oktabr kuni Federal sud ijrochilari xizmatining mintaqaviy bo‘linmasi.
“Sud Malohat Ch. va uning uch farzandini 2013-yili migratsion qonunchilikni buzgani uchun Rossiyadan chiqarib yuborishga hukm qilgan edi. Ammo ayol uni bolalari bilan maxsus boshpanaga yubormagan, deportatsiyani odatiy joyda — temir yo‘l yaqinidagi kulbalarda kutishga ruxsat bergan sudning shafqatliligidan foydalanib, g‘oyib bo‘lgan edi”, — deyiladi xabarnomada.
Tojikiston fuqarolarini darhol topishning imkoni bo‘lmagan. Natijada ular 2014-yili qidiruvga berilgan.
Joriy yil sentabrida ular Chelyabinsk viloyati Yemanjelinsk shahridagi maishiy chiqindilar poligonidan topildi.
U yerda Malohat va uning uch farzandi qatoriga yana olti kishi qo‘shildi. To‘rt yil ichida Malohat yana bir farzand ko‘rdi, katta qizi Bibisora esa ikki farzandni dunyoga keltirdi.
Barcha muhojirlar maxsus boshpanaga joylashtirildi. Yangi tug‘ilgan bolalarning hujjatlari to‘g‘rilangach, ularning barchasi Tojikistonga ketkazib yuboriladi.
Izoh (0)