Tinch okeanida, Avstraliyaning yaqinida joylashgan Vanuatu orol davlati fuqarolik olish dasturi doirasida bitkoinlarni qabul qila boshladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bu davlatning pasportini olish uchun 200 ming dollar to‘lash kerak. Bitkoin kursi bo‘yicha bu taxminan 42 BTC bo‘ladi.
Vanuatu Millatlar hamdo‘stligiga kiradi, uning pasporti esa vizasiz 116 ta mamlakatga sayohat qilish imkonini beradi. Ular tarkibiga Yevropa Ittifoqining a’zo davlatlari va Buyuk Britaniya ham kiradi.
Vanuatu fuqaroligining xorijliklar uchun yana bir afzalligi shundaki, orol davlat kapitalning o‘sishi va daromad uchun soliq olmaydi.
Vanuatu fuqaroligini olish uchun zarur bo‘lgan standart tekshiruvlardan tashqari, barcha bitkoin o‘tkazmalar dasturning hamkori bo‘lgan Avstraliya birjasi orqali amalga oshiriladi.
Izoh (0)