Toshkentdagi UzbekNeftGaz (UNG, sobiq UzGazOil) avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobcha (AYQSh)lari gaz ballonli avtomobillarga 5 litrdan ortiq benzin sotmayapti.
Bu haqdagi e’lonlar AYQSh tarmog‘ining filiallarida paydo bo‘lgan. E’londa, shuningdek, nostandart bakli avtomobillarga benzin umuman sotilmasligi ham alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Bunday cheklovlar nima sababdan o‘rnatilgani hozircha noma’lum. Foydalanuvchilar bu holatni noqonuniy benzin savdosi bilan shug‘ullanuvchi chayqovchilarga qarshi kurashning bir ko‘rinishi sifatida baholamoqda.
Izoh (0)