Ushbu taomlarning har biri uchun yupqa lavashni katta qilib yoyish, unga masalliqlarni solish, so‘ng uni rulet yoki konvert qilib o‘rash kerak. Masalliqlar singishi uchun 30 daqiqaga qoldiring. Likopga qo‘yib, ko‘katlar bilan bezating. Tilim-tilim qilib kesib qo‘yishingiz mumkin.

Foto: “Xitrosti jizni”

Lavashning ichiga qanday masalliqlar solish mumkin?

  1. 200 g tvorogni sarimsoq, shivit bilan aralashtiring, mayonez qo‘shing.
  2. Baliqli konservani olib, o‘z yog‘i bilan birga ezing. 200 g qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq, shivit va mayonez qo‘shing.
  3. 200 g kolbasani yirik tishli qirg‘ichdan chiqaring, 100 g pishloqni ham qirg‘ichdan o‘tkazib qo‘shing, ta’bga ko‘ra sarimsoq, shivit va mayonez qo‘shing.
  4. 200 g kolbasa va 100 g pishloqni qirg‘ichdan chiqaring. 100 g koreyscha sabzi, shivit va mayonez qo‘shing.
  5. 100 g qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqni 200 g qovurilgan qiyma, sarimsoq, 1 banka oq loviya, bitta bulg‘or qalampiri va mayonez bilan aralashtiring.
  6. 200 g pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazing. Tuz, mayonez va ko‘katlar qo‘shing.
  7. Bir bosh piyozni to‘g‘rab, o‘simlik yog‘ida qovurib oling va mayda to‘g‘ralgan qaynatib pishirilgan tuxum, 2 ta qaynatilgan sabzi, qirg‘ichdan o‘tkazilgan ikki bo‘lak eritilgan pishloq, mayonez va ko‘katlar bilan aralashtiring.
  8. Bitta xom sabzi va ikkita bodringni qirg‘ichdan o‘tkazing. Ikkita pomidor, 2 ta tuxum (qaynatilgan), sarimsoq, maydalangan yong‘oq, petrushka, shivit va mayonez qo‘shing.

Manba: “Xitrosti jizni”