Samsung kompaniyasi keyingi yil boshida bukiladigan Galaxy X smartfonini chiqarishni rejalashtirmoqda. Yangi smartfon cheklangan adadda chiqariladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Smartfon prezentatsiyasi Las-Vegasdagi CES konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Gadjet 100 ming adadda faqat Janubiy Koreyada sotuvga chiqariladi.
Bu kompaniyaning tajriba tashabbusi bo‘ladi. U muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda keyingi yil takomillashtirilgan mahsulot jahon bozoriga chiqariladi.
Izoh (0)