Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 23-turidan joy olgan endilikda faqatgina 1 ta o‘yin qoldi: “Navbahor” — “Paxtakor”. Bugun — 1-oktabr kuni Shota Arveladze shogirdlari mavsum boshidan buyon o‘z maydonida mag‘lub bo‘lmay kelayotgan Oliy Liganing yagona klubiga qarshi Namanganda saf tortadi.
Oliy Liga. “Lokomotiv” Toshkent derbisida zafar quchdi. Bugun yana 6 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi
Kecha — 30-sentabr kuni 6 ta o‘yin o‘z yakuniga yetdi. Ular orasida eng sensatsion natija Olmaliqda qayd etilib, “Neftchi” mezbonlar ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi. Vadim Abramov tashrifidan keyin ketma-ket 11 ta o‘yinda zafar qucha olmay, Birinchi Liga xavfi bilan yashab kelayotgan Farg‘ona klubiga Muzaffar Muzaffarovning dubli yordam berdi.“Neftchi”da natija yaxshilanavermagach, rahbariyat sobiq bosh murabbiylardan biri Murod Ismoilovni ortga qaytarishga majbur bo‘lgan va uni Abramovga yordamchi etib tayinlangandi. Shundan so‘ng Farg‘ona klubi uzoq kutilgan 3 ochkosini qo‘lga kiritdi. Bunga katta hissa qo‘shgan Muzaffar Muzaffarov aynan Murod Ismoilovning o‘g‘li hisoblanadi. Qayd etish kerak, jamoada bosh murabbiy Vadim Abramovning o‘g‘li ham 2-davra boshidan buyon to‘p tepib kelmoqda.
Shuningdek, “Qo‘qon—1912” futbolchilari ham shuncha gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Farqi, No‘mon Hasanov shogirdlari o‘yin yakunida 1 ta gol o‘tkazib yubordi.
O‘z maydonida Samarqandning “Dinamo” klubini yenga olmagan “Buxoro” muxlislari bunga bosh sababchi deb hakamni bilishgan va O‘FF prezidenti portaliga maktub yozib, referi Rustam Bobomurodovning futboldan umrbod chetlatilishiga sabab bo‘lgandi. Buxorolik futbolchilar bu safar o‘z maydonida “Metallurg”ni taslim qila olmadi — 2:2.
Rustam Mirsodiqov jamoasi kutilmaganda o‘z irodasini namoyish qilgani e’tiborga molik. Mazkur uchrashuvda nazoratchi bo‘lib ishlagan Sayfiddin Ermatovning bosh hakam Vladislav Seytlinga necha baho qo‘ygani va buxorolik futbol muxlislari O‘FF portaliga xat yozgan yoki yo‘qligi hozircha ma’lum emas.
“Obod” — “Lokomotiv” 1:3
Gollar: Sardor Mirzayev, 27 (0:1). Marat Bikmayev, 51 (0:2). Sanjar Shoahmedov, 81 (0:3). Alisher Mirzayev, 90+3 (1:3).30-sentabr, shanba
“Qo‘qon—1912” — “Sho‘rtan” 4:1
Gollar: Suhrob Berdiyev, 34 (1:0). Suhrob Berdiyev, 42 (2:0). Javohir Sidiqov, 70 (3:0). Filip Rayevats, 77 (4:0). Igor Taran, 85 (4:1).“Bunyodkor” — “Mash’al” 4:0
Gollar: Shohruz Norxonov, 26 (1:0). Otabek Shukurov, 31 (2:0). Doston Hamdamov, 34 (3:0). Otabek Shukurov, 37 (4:0).“So‘g‘diyona” — “Dinamo” 0:0
Chetlatish: Elyor Oripov, 61 (S).“Olmaliq” — “Neftchi” 1:2
Gollar: Muzaffar Muzaffarov, 3 (0:1). Vladislav Kasminin, 66 (1:1). Muzaffar Muzaffarov, 83 (1:2).“Buxoro” — “Metallurg” 2:2
Gollar: Bobur Omonov, 75 (1:0). Ergash Ismoilov, 83 (2:0). Murod Toshmatov, 88 (2:1). Ayubxon No‘monov, 90 (2:2).“Nasaf” — “Qizilqum” 2:0
Gollar: Bahrom Abdurahimov, 1 (1:0). Igor Golban, 70 (2:0).1-oktabr, yakshanba“Navbahor” — “Paxtakor” — 18:00
Izoh (0)