Barselonada Kataloniya mustaqilligi referendumi davomida 11 nafar politsiya xodimi jarohatlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, politsiya xodimlari saylov uchastkalarida odamlarning ovoz berishiga qarshilik ko‘rsatgan vaqtida jarohat olgan.
Ispaniya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, politsiyachilarning jarohatlari “og‘ir emas”.
Avvalroq Kataloniyada politsiya bilan to‘qnashuvlar davomida 38 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)