Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Alnxemdagi (Angliya) Muqaddas Mixail cherkovi kuzatuvchisi Stiven Klark, cherkov jamg‘armasidagi pullarni 76 butilka vinoga, poyezd uchun chiptalarga va otning yem-xashaklariga sarflab yubordi. 2015-yil yanvaridan 2016-yilning noyabriga qadar u barcha grant va ehsonlarning yarmini — 35 ming funtga yaqini pulni ishlatib yuborgan, deb xabar berdi TJournal.

Foto: Chronicle Live

Foto: Chronicle Live

48 yoshli Klark moliyaviy nayranglar sababli shartli jazoga tortilgach, cherkov kuzatuvchisiga aylangan. U ushbu lavozimda ikki yildan ortiq ishlagan, shundan so‘ng, rahbariyat pullar yo‘qolayotganini sezib qolgan.

Klark sudda o‘z aybini tan oldi va shu sababli ikki yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U cherkovning ikkinchi hisobini ochibgina qolmay, kvitansiyalarni ham qalbakilashtirgan.

Cherkovda ma’lum qilinishicha, hukmdan so‘ng Klark sarflab yuborgan barcha pullarini jamoat ishlari hisobiga to‘lab berishni va’da qildi va kerichirim so‘radi. Mablag‘lar avval rejalashtirilganidek, cherkov rekonstruksiyasi uchun sarflanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi