Samolyotlarning yeyilmagan taomlarini nima qilishadi? Axir parvozdan so‘ng samolyot bortida har doim taomlar ortib qoladi. Kimdir taomlardan bosh tortsa, yana kimdir uxlab qolgani uchun ovqatlanishga ulgurmaydi, “zaxira komplektlari”ni ham (har yuzta komplektga bitta) hech kim bekor qilmagan, deb yozadi TravelAsk.
Tanlanmagan taomlar nima qilinadi? Ehtimol ular aeroport xodimlariga berilar yoki xayriya tashkilotlariga tarqatilar? Yoki ular bilan aeroport hududida yashovchi it va mushuklar boqiladimi?
Tanovvul qilinmagan kotletli kasaletkalar kimga nasib qiladi?
Bort kuzatuvchilar bu borada nima deydi
Ivan, Rossiya aviakompaniyalaridan birining bort kuzatuvchisi:
— Reysdan so‘ng so‘rab olinmagan barcha samolyot taomlari telejkalarga joylanib, plombalanadi, hujjatlarda qayd etiladi va bort oziq-ovqat xizmatiga topshiriladi. Shundan so‘ng barcha mahsulotlar yo‘q qilinadi. Chunki ularni saqlash muddati belgilangan va u katta emas. Gap shundaki, aviatsiya oziq-ovqati juda muhim aspekt. Bu allaqachon puli to‘langan mahsulotlar, yo‘lovchilar hol-ahvoli va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib bo‘lmaydi.
Shunday qilib, qoidaga muvofiq, taom shunchaki tashlab yuboriladi.
Georgian Airways bort oziq-ovqati
Ehtimol bort kuzatuvchilar qolgan porsiyalardan pomidorlarni iste’mol qilib, kuchga kirib olishar? Shunaqa holatlar ham bo‘lishi mumkin...
Emirates bort kuzatuvchisi barcha hamkasblarining alohida oziq-ovqati borligini hikoya qiladi. Biroq ulardan ba’zilari yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan porsiyalardan salat uchun sabzavotlar terib olishdan qaytmaydi.
Diana, yirik xalqaro aviakompaniya xodimi:
— Bort kuzatuvchilar uchun bortda alohida oziq-ovqat bor — bu gazak va issiq ovqat bor patnis. Ammo bu patnis har doim bir xil va yillab o‘zgarmasligi tufayli uch oydan ortiq ishlovchilar ekipaj taomlarini tanovvul qila olmaydi. Biz odatda biznes-patnislardan ovqatlanamiz — biznes-klass yo‘lovchilari ko‘pincha uyqu foydasiga taomlardan voz kechadi va ular bizga tegadi.
Biroq ko‘pincha ovqatni uydan olib kelamiz. Juda injiqman va kechqurun qatiq va olmadan boshqa hech narsa yemayman. Shuning uchun tungi reyslarda ular har doim men bilan birga.
Taomlar har doim ortib qoladi, 10 foizga yaqin porsiya, ba’zan undan ham ko‘proq. Yo‘lovchi har doim qo‘shimcha ovqat so‘rab olishi mumkin. Biz qo‘shimcha taom berishga majbur emasmiz, lekin har doim qo‘shimcha issiq ovqat yoki buterbrod bilan siylashimiz mumkin.
Rasmiy javob
— Havo kemasi aeroportga yetib kelgandan so‘ng barcha oshxona jihozlari, jumladan, so‘rab olinmagan oziq-ovqat, ichimliklar va boshqalar samolyotdan tushiriladi va keyteringga olib boriladi. U yerda sanitariya ishlovi beriladi. So‘rab olinmagan bort oziq-ovqatlari yo‘q qilinadi, — deb hikoya qiladi “Aeromar” kompaniyasi vakili.
Shuning uchun hurmatli sayohatchilar, parvoz davomida juda och qolgan bo‘lsangiz bort kuzatuvchisidan yana bitta kasaletka so‘rab olishingiz mumkin. Bortda ortiqcha taomlar bo‘lsa (yuqoridan ma’lum bo‘lishicha, bunday vaziyat har doim kuzatiladi) sizni albatta to‘yg‘izishadi.
Eng muhimi — xushmuomalalik. U yaxshi servis va qo‘shimcha xizmatlarning kalitidir.
Izoh (0)