O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan Xitoyning “Shanxay SIPG” futbol klubi Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi dastlabki uchrashuvini o‘tkazdi.
Shanxayga Yaponiya Jey Ligasining “Urava Red” klubi tashrif buyurdi. Uchrashuvda g‘olibni aniqlashning imkoni bo‘lmadi — 1:1. Odil Ahmedov bellashuvni asosiy tarkibda boshlab, 89-daqiqada o‘z o‘rnini xitoylik jamoadoshiga bo‘shatib berdi.
Tomonlarning javob o‘yini 18-oktabr kuni Yaponiyada bo‘lib o‘tadi. 0:0 hisobidagi durang kunchiqar yurt jamoasi foydasiga ishlaydi. “Shanxay SIPG” final uchun yo zafar quchishi yoki gollarga boy durang qayd etishi kerak bo‘ladi.
O‘zbekistonlik birorta ham futbolchiga Osiyo Chempionlar Ligasining finalida to‘p surish nasib qilmagan. Odil Ahmedov bu borada birinchiga aylanib olish imkoniyatiga ega.
Osiyo Chempionlar Ligasi Yarim final 27-sentabr, chorshanba
Izoh (0)