Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi nogironligi bor shaxslarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanish tizimini tubdan takomillashtirish haqidagi Prezident farmoni loyihasini e’lon qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Hujjatga muvofiq, “nogiron” terminini “nogironligi bor shaxs”ga almashtirish, “Nogironligi bor shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston tomonidan BMTning nogironlar huquqlari haqidagi konvensiyasi ratifikatsiya qilinishi masalasini ko‘rib chiqish taklif qilinmoqda. 3-dekabrni (Xalqaro nogironlar kuni) Nogironligi bor shaxslarni qo‘llab-quvvatlash kuni deb e’lon qilish taklif etilmoqda. Nogironligi bor shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tuzish ko‘zda tutilgan.

Hujjat Nogironligi bor shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish va ularning huquq va erkinliklari himoyasi kafolatini kuchaytirish chora-tadbirlari dasturini o‘z ichiga oladi.

2018-yil 1-yanvardan nogironlikni qayd etish masalasi bo‘yicha fuqarolar va vakolatli organlar o‘rtasidagi munosabatlarning elektron tartibini joriy qilish rejalashtirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda