Misrda milliy kosmik agentlik tashkil etilmoqda. Tegishli farmon mamlakat bosh vaziri Sharif Ismoil tomonidan imzolandi, deb xabar beradi “TASS”.
Hujjat tasdiqlash uchun parlamentga yuboriladi, mamlakat parlamenti, o‘z navbatida, keyingi haftadan yozgi ta’tildan qaytmoqda.
Vazirlar mahkamasi yig‘ilishining yakunlariga ko‘ra oliy ta’lim vaziri Xolid Abdulg‘affor Misrda sun’iy yo‘ldoshlar uchirish tajribasi borligini ta’kidlab o‘tdi.
“Tegishli agentlikning yaratilishi mamlakat kosmik texnologiyalarni faol tarzda rivojlantira boshlashiga zamin yaratadi”, — qo‘shimcha qildi vazir.
Izoh (0)