Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Texas shtatining demokrat kongressmeni El Grin 25-sentabr, seshanba kuni vakillik palatasidan AQSh prezident Donald Trampga nisbatan impichment berilishini ovozga qo‘yishni talab qildi, deb xabar berdi “Interfaks”.

Foto: Time

Foto: Time

“Men mana shu yerda, vakillik palatasi a’zolarining qarshisida turib, AQSh prezidentiga nisbatan impichment berishga chaqiraman”, — dedi Grin.

Shu bilan birga, kongressmenning ta’kidlashicha, Trampning afroamerikalik sportchilarni AQSh madhiyasi yangrayotgan vaqtdagi harakatiga bildirgan izohi “nomaqbul va bu prezident lavozimini egallagan inson tomonidan aytilishi kerak emas”.

25-sentabr kuni Tramp Milliy futbol ligasiga muroaat qilib, Amerika futboli o‘yinchilari AQSh davlat madhiyasi yangrayotgan vaqtda bitta tizzada turishlarini taqiqlash kerakligini aytgandi.

Afroamerikalik sportchilarning AQSh madhiyasining ijrosi vaqtidagi noroziliklari ancha vaqtdan beri davom etib keladi. Biroq Tramp bu kabi harakatni mamlakat ramzlariga hurmatsizlik deya baholaganidan so‘ng, yana dolzarb mavzuga aylandi.

O‘z navbatida qora tanli sportchilarning fikricha, bu orqali ular AQShdagi irqchilik muammosiga e’tibor qaratishadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘ladi?
Dunyo
“Rossiyani fojiadan, rus armiyasini bo‘lsa xo‘rlikdan qutqarish imkoningiz haliyam bor”. Ukraina Mudofaa vaziri rus harbiylarini zudlik bilan jangdan bosh tortishg...
Mahalliy
“Xodimlar o‘zboshimchalik bilan qoidalarni buzgan” — Qashqadaryoda elektromontyor tok urishidan vafot etgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi