Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “Vang‘ozi agro” fermer xo‘jaligi paxta bo‘yicha shartnoma majburiyatini ortig‘i bilan uddalab, davlat xirmoniga rejada belgilangan 108 tonna o‘rniga 115 tonna “oq oltin” topshirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
G‘alla va paxta yetishtirish borasida salmoqli natijalarga erishib kelayotgan xo‘jalikda, shuningdek, quyonchilik, asalarichilik, parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik tarmoqlari ham samarali yo‘lga qo‘yilgan.
Ayni paytda xo‘jalikda paxta yig‘im-terimi uyushqoqlik bilan davom etmoqda. G‘alladan bo‘shagan maydonlarda parvarishlanayotgan soya, tariq, mosh, sabzi, qovun, tarvuz kabi takroriy ekinlar ham hosilga kirgan.
Izoh (0)