Ba’zan yosh yigit yosh bo‘lishiga qaramasdan donishmand, qari kishi esa — ahmoq va o‘ylamasdan ish qiladigan bo‘lishi ham mumkin. Lekin jamiyatda donishmandlik yosh o‘tishi bilan keladi degan tushuncha mahkam o‘rnashib qolgan.
Nima uchun biz donishmandlikni keksayish bilan bog‘laymiz? Buning sabablari biologik omillarga borib taqaladi. Odam qancha uzoq yashasa, uning hayot tajribasi shunchalik boyib boradi. Shuning uchun yosh o‘tgan sayin bizning aqlimiz ham o‘sib boraveradi.
Keksaygan kishilar o‘z tajribalari ta’sirida ba’zi jihatlardan yoshlarga qaraganda ancha bilimdonroqdir. Masalan, muammolarni hal qilishda, rejalashtirishda, kelajakka bog‘liq maqsadlarni belgilashda, o‘zaro munosabatlarda. Chunki ular vaqtida bularning hammasini boshlaridan kechirganlar. Shuning uchun keksa avlod ko‘p hollarda ularga hurmat va ishonch bilan qaraydigan yoshlarga pand-nasihat berishlariga ajablanmasa ham bo‘ladi.
Keksa odamlarda qarorlarni qabul qilishda bosh miyaning to‘g‘ri fikrlash va sezishga javob beruvchi prefrontal qobig‘i ishtirok etadi.
Mutaxassislar tomonidan, muammolarni hal qilishda yoshlar bosh miyaning faqat bitta yarim sharini, yoshi kattalar esa — bir vaqtning o‘zida ikkalasini ham ishlatishlari aniqlandi. Bu jarayon “bilateralizatsiya” deyiladi. Shu tufayli odam muammolarni ko‘rib chiqishga jiddiyroq munosabatda bo‘ladi. Miya kelgusida shunga o‘xshash vaziyatlar yuzaga kelganda kerakli tarzda harakat qilishga imkon beradigan tasavvurni shakllantiradi.
Bu fiziologik xususiyatlardan kelib chiqib, haqiqatan ham qari kishilar yoshlarga qaraganda donishmandroq deb aytishimiz mumkin. Lekin, ko‘pchilikning fikricha, donishmand odam sabrli, rahmdil, boshqalar fikrini qabul qila oladigan va ular to‘g‘risida qayg‘uradigan odam bo‘lishi kerak. Bu sifatlar esa ko‘proq odamning yoshiga emas, balki xarakteriga bog‘liq.
Manba: “Layfxaker”
Izoh (0)