Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Jahon Chempionati u yoqda tursin, Osiyo Chempionatiga ham bormaydigan bo‘ldi.
O‘zbekiston U16 murabbiy Dilshod Nuraliyev boshqaruvida saralash o‘yinlari uchun Saudiyaga tashrif buyurgandi. Kecha — 24-sentabr kuni o‘smirlar saralashning so‘nggi turi doirasida mezbon Saudiyaga qarshi maydonga tushib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bunga qadar o‘zbekistonlik futbolchilar Bahrayn (1:0) va Shri-Lankani (6:0) taslim qilgan, Iordaniya (0:0) bilan durang o‘ynagandi. 4 ta o‘yinda o‘tkazib yuborilgan 1 tagina gol ko‘p narsani hal qila oldi.
Guruhni Iordaniya 10 ochko bilan yakunlagan bo‘lsa, saudiyalik futbolchilar 9 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Shunda ham ular eng yaxshi 2-o‘rin egalari qatorida bo‘la olmay, Osiyo Chempionati bilan xayrlashdi. 7 ochkosi bor O‘zbekiston esa guruhni uchinchi bo‘lib tugatdi.
O‘zbekiston terma jamoalarining Osiyo Chempionatida ishtirok eta olmaslik holati yaqin orada kuzatilmagandi.
Osiyo Chempionati. Saralash Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni 20-sentabr, dushanba
Izoh (0)