AQShning Walmart do‘konlar tarmog‘i asoschisi Sem Uoltonning merosxo‘ri, 67 yoshli Alisa Uolton jahonning eng boy ayoliga aylandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bir muddat ilgari fransiyalik milliarder, L‘Oreal kompaniyasi egalaridan biri Lilian Bettankur 94 yoshida vafot etgani ma’lum qilingan edi. 44,7 milliard dollar davlatga ega ayol jahonning eng boy ayoli sanalar, Forbes versiyasi bo‘yicha esa dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatida 14-o‘rinni egallar edi.
Uning vafotidan so‘ng ayollar o‘rtasidagi birinchilik Alisa Uoltonga nasib etdi.
Uolton xonim jahonning eng boy insonlari ro‘yxatida 17-o‘rinda turadi. Uning boyligi 33,8 milliard dollarga teng.
Alisa — Walmart asoschisining yagona qizi. Kompaniya tarkibida ishlagan aka-ukalaridan farqli ravishda, u san’at sohasidagi loyihalar bilan shug‘ullanadi.
Izoh (0)