Rossiya FVV “Billur tub” keng miqyosli ekspeditsiyasi doirasida Baykal ko‘li tubidan potensial xavfli obyektlarni chiqarib oldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Baykal qidiruv-qutqaruv operatsiyasi rahbari Semyon Belokurov taqdim etgan axborotga ko‘ra, oxirgi yillarda g‘avvoslar ko‘l tubidan 92 avtomobil, 18 qayiq va kater, olti qordayurar, ikki mototsikl, traktor, shuningdek, bittadan vertolyot va samolyot olib chiqqan.
Bitta mashinani olib chiqish operatsiyasi bir soat vaqt oladi, ma’lum qildi amaldor. Uning so‘zlariga qaraganda, mashinani dastlab teleboshqaruvdagi suv osti apparati yordamida topish, so‘ng unga maxsus ballonlarni mustahkamlab, avtomobilni chiqarish lozim.
Izoh (0)