Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya rasmiylari iyulda qo‘lga olingan fransuz jurnalisti Lu Byuroni ozod qildi, yaqin orada u yurtiga jo‘naydi. Bu haqda uning advokati Martel Pradel ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Biz jurnalist Lu Byuro ozod etilganini ma’lum qilamiz. U yaqin orada Turkiyadan chiqarib yuboriladi. Shu bilan birga, Shirnoq sudi ishni yopgani yo‘q va kurashni davom ettirishga to‘g‘ri keladi”, — deya yozuv qoldirdi Pradel Twitter’dagi sahifasida.

Jurnalistni ozod qilish imkoniyati Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drianning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan muzokaralaridan so‘ng tug‘ilgani taxmin qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, TV5 Monde, Arte va Slate bilan hamkorlik qilgan fransuz mustaqil jurnalisti Lu Byuro 26-iyulda Iroq va Turkiya chegarasida qo‘lga olingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi