NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Shimoliy Koreya tomonidan navbatdagi ballistik raketa uchirilishini keskin qoraladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“KXDR raketasi uchirilishi — BMT rezolyutsiyalarining navbatdagi ravishda telbalarcha buzilishi, xalqaro tinchlik va xavfsizlik talablarining qo‘pol tarzda inkor etilishi. Bu global javobni talab qiladi”, — deya yozuv qoldirdi Stoltenberg Twitter’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 15-sentabr kuni Shimoliy Koreya Yaponiya tomonga qarata yana raketa uchirgan.
Izoh (0)