14-sentabr kuni start olgan futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining 1-turida Portugaliyaning “Vitoriya Gimaraesh” klubi Avstriyaning “Red Bull”ini qabul qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Ko‘rinishidan oddiy uchrashuv, deb yozdi “Championat.asia” nashri. Ammo unda ahamiyatli bitta jihat bor. Shu kuni mezbonlarning asosiy tarkibida portugaliyalik futbolchi u yoqda tursin, birorta ham yevropalikning o‘zi yo‘q edi. Tarkib Amerika va Afrikadan yetib kelgan futbolchilardan shakllantirilgandi.
O‘z navbatida Avstriya klubining asosiy tarkibida mahalliy futbolchilar bor-yo‘g‘i 3 tani tashkil qildi. Umumiy hisobda mazkur uchrashuvda dunyoning 17 mamlakati futbolchilari ishtirok etdi.
Izoh (0)