Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Umid Ahmadjonov O‘FF prezidenti etib saylanganidan so‘ng, birinchi navbatda o‘zining virtual qabulxonasini ochdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘FF

Foto: O‘FF

Bundan maqsad — muxlislar bilan jonli muloqotda bo‘lish, fuqarolar bilan muloqot ko‘prigini yaratish. Endilikda www.president.the-uff.com manzili orqali O‘FFdagi istalgan mutasaddiga istalgan mavzuda murojaat qilish mumkin. Murojaatlar elektron ko‘rinishda yo virtual qabulxonaga yoki tashkilot prezidentining president@the-uff.com elektron pochta manziliga yuborilishi kerak.

Murojaatingizga javob berilgan yoki berilmaganini sayt orqali tekshirish imkoniyati mavjud. Virtual qabulxonaga yozish uchun elektron raqamli imzo talab qilinmaydi. Qabulxonaning ishlash tajribasidan kelib chiqib, murojaatlarni ko‘rib chiqish usulini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘riladi.

Avvalroq O‘FF matbuot xizmati Umid Ahmadjonov ijtimoiy tarmoqlarda o‘z akkauntiga ega emasligi haqida bayonot bergandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada zilzila qurbonlari soni 3 mingga yaqinlashdi, yangi silkinishlar qayd etildi
Shou-biznes
Gollivudning har qanday rolni maromiga yetkazib ijo etadigan aktyor va aktrisalari (foto) 
Mahalliy
Namangandagi uyda gaz portlab, 4 kishi tan jarohati oldi