12-sentabrdan buyon O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti sifatida ishlab kelayotgan Umid Ahmadjonov, avvalgi prezident Mirabror Usmonov kabi ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirmaydi. O‘FF matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, u yaqin orada qaysidir tarmoqdan profil ochishni rejalashtirmayapti ham.
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda soxta akkauntlarning ko‘payishi va ularda asossiz xabarlarning tarqatilishi ortidan O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi. Tashkilot prezidenti Umid Ahmadjonovning ijtimoiy tarmoqlarda akkaunti yo‘q va yaqin orada ochishni ham rejalashtirmayapti, deb yozilgan bayonotda.
Federatsiya bilan bog‘liq rasmiy bayonotlar, xabar va ma’lumotlar O‘FF rasmiy saytida, uning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntlarida berib borilishi ma’lum qilingan.
O‘FF prezidenti yoki tashkilotning boshqa rahbariga aytar gapi bor kishilar info@the-uff.com elektron pochtasiga taklif va mulohazalarini yuborishi mumkin. Aytilishicha, rahbarlar murojaatchilar fikrini eshitishga tayyor.
Izoh (0)