Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya-Belarus “G‘arb-2017” mashg‘ulotlari boshlanadigan kuni AQSh Yevropaga yadro qurolini tashishga qodir bo‘lgan ikkita B-52H bombardimonchi samolyotlarini jo‘natdi, deb xabar beradi “Vedomosti”.

Foto: “Vedomosti”

Foto: “Vedomosti”

Luiziana shtatidagi Barksdeyl aviabazasidan uchgan 307-aviaqanot tarkibidagi bombardimonchi samolyotlar Atlantika ustidan parvoz qilib, Buyuk Britaniyadagi Ferford aviabazasiga yetib borishi kerak.Hozirgi vaqtda Yevropada B-1B va B-52H strategik bombardimonchi samolyotlari mavjud.

Bugun, 14-sentabr kuni Rossiya va Belarus harbiy havo kuchlari hamkorligidagi “G‘arb-2017” harbiy mashg‘ulotlari boshlandi.Harbiy mashg‘ulotlarda 12 700 nafar harbiy xizmatchilar, 70 ta samolyot va vertolyotlar, 680 ta harbiy texnika birliklari ishtirok etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova