Saudiya Arabistonida mamlakatga mariaxuananing katta turkumini olib kirishga uringan yamanlik 3 nafar narkosavdogarga nisbatan chiqarilgan o‘lim hukmi amalga oshirildi. Bu haqda Saudiya IIV ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Vazirlikka ko‘ra, apellyatsiya sudi va Oliy sud o‘lim hukmini bekor qilmadi.
Aybi isbotlangan jinoyatchilar 14-sentabr, payshanba kuni mamlakat janubi-g‘arbidagi Asir okrugida qatl etildi.
Izoh (0)