AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegaradagi devor qurilishi davom etishiga ishonch bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Hozir eski va mavjud devorlarning qayta tiklanishi shaklidagi ishlar olib borilayotgan devor qurilishi davom etadi”, — deb yozdi u Twitter’dagi sahifasi orqali.
Ilgariroq Tramp, agar kongress devor qurilishiga 1,6 milliard dollar ajratilishini ma’qullamasa, hukumat ishini to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qilgan edi.
Meksika bilan chegarada devor qurilishi Trampning saylovoldi va’dalaridan biridir.
Izoh (0)