10-sentabr kuni Quyoshning uchqunlanishi oqibatida ro‘y bergan magnit bo‘roni Yer sayyorasi aholisi uchun salbiy oqibatlar keltirmadi. Bu haqda rossiyalik ekspertlar “TASS”ga ma’lum qildi.
Rossiya FA P.N. Lebedev nomli Fizika instituti Quyosh rentgen astronomiyasi laboratiyasi 11-sentabr kuni jiddiy uchqunlanish ro‘y berganini aniqladi. Uning oqibatida 13-sentabrga o‘tar kechasi Yerda magnit bo‘roni kutilayotgan edi.
Irkutsk davlat universiteti astronomiya observatoriyasi direktori Sergey Yazev bu bo‘ron kutilganidan zaifroq bo‘lib chiqqanini, shu bois u odamlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaganini bildirib o‘tdi.
Taxminlarga ko‘ra, asosiy uchqunlanish Quyoshning teskari tomonida yuz bergan.
Magnit bo‘roni oqibatida odamlarda bosh og‘rig‘i va boshqa mayda xastaliklar kuzatilishi lozim edi.
Izoh (0)