Adliya vazirligi ishlab chiqqan yangi qonun loyihasiga muvofiq, jinoyat quroli sifatida ishlatilgan xususiy mulkni musodara qilish taqiqlanadi. Qonun loyihasi hukumat tomonidan ma’qullangan bo‘lib, Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilmoqda, deb xabar beradi Uz24.
Loyihaga ko‘ra, endi faqat jinoyat ishtirokchisiga tegishli mulk musodara etiladi.
Shuningdek, ma’muriy qonunbuzarlik sodir etishda gumondorga tegishli mulk musodara etilmaydi.
Bugungi kunda Jinoyat-protsessual kodeksning 211-moddasiga muvofiq, jinoyat quroli, kimga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar, musodara etilib, tegishli muassasalarga topshiriladi va u yerda yo‘q qilinadi. Taklif etilayotgan qonunga muvofiq, gumondorga tegishli bo‘lmagan buyum va mulk egasiga yoki ularning merosxo‘rlariga qaytariladi.
Izoh (0)