Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazida Abdulla Qahhor tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar berdi.

Foto: “O‘zbekiston 24”

Abdulla Qahhor tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Xalq sevgan adib” nomli anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar, markaz xodimlari hamda o‘quvchilar ishtirok etdi. Ma’ruzalarda adibning hayoti va ijodi, asarlarining bugungi kun uchun ahamiyati xususida so‘z bordi.

Tadbir davomida Abdulla Qahhor uy muzeyi tomonidan kutubxonaga adib asarlari jamlangan kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.