AQSh prezidenti Donald Tramp kuz oylarida Osiyo mamlakatlari bo‘ylab turne uyushtiradi. Bu haqda “TASS” Oq Uyga asoslanib xabar bermoqda.
“Aytishim mumkinki, prezident shu kuzda Osiyoga boradi”, — dedi agentlikning suhbatdoshi.
“Hozirgi vaqtda bundan ko‘ra batafsilroq axborot taqdim eta olmaymiz”, — qo‘shimcha qildi u.
Tramp birinchi navbatda Sharqiy Osiyo sammiti hamda Filippinda o‘tadigan AQSh – ASЕAN sammitida, shuningdek, Tinch okeani iqtisodiy hamkorligining Vyetnamda o‘tadigan sammitida ishtirok etishi kutilmoqda. Bu tadbirlarning barchasi noyabrga mo‘ljallangan.
Izoh (0)