Moskvada O‘zbekiston fuqarosini urib ketgan Mercedes haydovchisining shaxsi aniqlandi. YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, deb xabar beradi 1News.
Aniqlanishicha, haydovchi 21 yoshda bo‘lib, Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutida o‘qiydi. U joriy yilda 67 marta jarimaga tortildi.
Haydovchining ismi — Ruslan X. U boy oila vakili ekanligi ham ma’lum. Mercedes C280 haydovchisi uni urib ketdi. Hozirda u shaharni tark etmaslik sharti bilan hibsdan ozod etilgan. Voqea surishtiruvi davom etmoqda.
Izoh (0)