Moskvada rossiyalik reper Miyagining (asli ismi Azamat Kudzayev) bir yoshdan oshgan o‘g‘ilchasi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Instagram’dagi info_kavkaz akkauntiga ko‘ra, bolakay uyning derazasidan tushib ketgan.
“Reper Miyagining bir yoshdan oshgan o‘g‘ilchasi halok bo‘ldi. U Verxnyaya Maslovkadagi uyning derazasidan tushib ketdi”, — deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)