Kolin Trevorrou “Yulduzli janglar” franshizasining to‘qqizinchi qismi rejissori lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini kim egallashi hozircha ma’lum emas, deb xabar beradi TJournal.
Hollywood Reporter nashriga ko‘ra, Trevorrou o‘rnini Jey Jey Abrams yoki Rayan Jonson egallashi mumkin. Ular muqaddam saganing yettinchi va sakkizinchi qismlarida ishtirok etgan edi.
Trevorrou Lucasfilm studiyasiga egalik qiluvchi Disney prezidenti Ketlin Kennedi bilan ixtilofga borgani tufayli ishdan bo‘shatilgan bo‘lishi mumkin. Rejissor kartina ssenariysini doimiy ravishda tanqid ostiga olib kelgan edi. Jumladan, u matnni jiddiy tarzda qayta ishlashni talab qilgan edi.
Shuningdek, Trevorrouning ishdan bo‘shatilishi uning oxirgi filmi — “Genri kitobi” muvaffaqiyatsizlikka uchragani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.